Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / O'zbekiston yangiliklari » Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

10-12-2024, 16:12
24
Yakshanba kuni yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Yomg‘ir va qor yog‘adi, harorat keskin pasayadi.

O‘zbekiston bo‘yicha 10-14 dekabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Dam olish kunlari sovuq tushishiga sabab bo‘lgan sovuq havo massalari ushbu hafta davomida respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi va havo harorati iqlim me’yoriga yaqinlashadi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 10-13 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 dekabr kuni shimolda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
14 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 10-14 dekabrda harorat kechalari -5...-8 darajadan +2...+5 darajagacha, kunduz kunlari 0...+3 darajadan +9...+12 darajagacha ko‘tariladi. Respublika shimolida harorat kechalari -8...-13 darajadan -2...-7 darajagacha, kunduz kunlari 0...-5 darajadan 0...+5 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda: 10-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat kechalari -6...-8 darajadan +3...+5 darajagacha, kunduz kunlari 0...+2 darajadan +10...+12 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring